Maxfiylik siyosati
Bu hujjat «Tezkor Xizmat» (mijoz) va «Tezkor Usta» (usta) mobil ilovalari hamda tezkor-xizmat.uz web kabinetlarida qanday shaxsiy ma'lumot yig'ilishini tushuntiradi.
1. Qanday ma'lumot yig'amiz
Hisob ma'lumotlari
Ism, telefon raqami, profil rasmi, interfeys tili.
Joylashuv
Mijozda — buyurtma manzili. Ustada — buyurtma davomidagi joylashuv.
Buyurtma va yozishmalar
Xizmat turi, muammo tavsifi, rasmlar, hisob-kitob, chat xabarlari.
To'lov ma'lumotlari
Balans va tranzaksiya tarixi; karta raqami saqlanmaydi.
Texnik ma'lumot
Push tokeni, ilova versiyasi, OS turi. Uchinchi tomon analitika/crash SDK'lari o'rnatilmagan; foydalanish hodisalari faqat o'z serverimizda, shaxsiy ma'lumotsiz.
2. Nima uchun ishlatamiz
- Buyurtmani ustaga yetkazish;
- ustaning yo'lini xaritada ko'rsatish;
- aloqa va bildirishnomalar;
- hisob-kitob va to'lov;
- sifat nazorati va nizolar;
- qonuniy hisobot.
3. Kimga beriladi
Ma'lumotlaringiz sotilmaydi.
- Buyurtma bo'yicha ikkinchi tomonga;
- texnik provayderlarga;
- qonuniy so'rov bo'yicha.
4. Ruxsatlar
Ilova quyidagi ruxsatlarni so'raydi.
- Joylashuv;
- Kamera va galereya;
- Bildirishnomalar.
5. Saqlash muddati
Hisob ma'lumotlari siz o'chirmaguningizcha saqlanadi.
6. Xavfsizlik
Aloqa HTTPS/TLS orqali shifrlanadi.
7. Sizning huquqlaringiz
Ma'lumotlarni ko'rish va tuzatish — «Profil» bo'limida. shu sahifadagi tartib bo'yicha.
8. Bolalar
Xizmat 18 yoshga to'lmaganlar uchun emas.
9. Foydalanuvchi kontenti va moderatsiya
Chat xabarlari va rasmlar uchun ilova ichida shikoyat va bloklash mavjud.
- Shikoyat — chat menyusidagi «Shikoyat qilish»;
- bloklash — yozishmani ikkala tomon uchun yopadi;
- shikoyatlar 24 soat ichida ko'rib chiqiladi.
10. Ma'lumotlarni saqlash joyi va transchegaraviy uzatish
Ayrim funksiyalar chet ellik provayderlar orqali ishlaydi:
| Xizmat | Maqsad | Qanday ma'lumot | Davlat |
|---|---|---|---|
| Google Firebase Cloud Messaging | Push bildirishnomalar | Push tokeni, bildirishnoma matni | AQSh |
| Google, Apple orqali kirish | Hisobga kirish | Identifikator, ism, e-pochta | AQSh |
| Telegram | Kirish, web ilova, bot | Telegram ID, ism | BAA |
| OpenStreetMap | Xarita va manzil qidiruvi | Manzil/koordinata, IP | YeI / Buyuk Britaniya |
| Yandex Maps, Google Maps | Usta: yo'l ko'rsatish | Buyurtma koordinatasi | Rossiya; AQSh |
| Sentry | Server xatolari | Texnik xato ma'lumoti (minimallashtirilgan) | YeI yoki AQSh |
| Google Fonts, Bunny Fonts | Texnik: shrift | IP, brauzer turi | AQSh; YeI |
O'zbekistondagi provayderlar: Eskiz (SMS), Payme va Click (to'lov).
Uzatish asosi: ilovaga kirishda bergan roziligingiz va xizmatni bajarish zarurati.
11. O'zgarishlar
Siyosat yangilansa, sana o'zgaradi.
Bog'lanish
Telefon +998 77 346 31 15, Telegram @tezkorxizmat_uz.