Xaritada jonli kuzatuv
Usta qabul qilgandan yetib kelgunicha koordinatalari real vaqtda yangilanadi — qayerdaligini so'rab qo'ng'iroq qilish shart emas.
O'zbekiston uchun uy xizmatlari platformasi
Santexnika, elektrika, isitish va qozon, maishiy texnika ta'miri, konditsioner, tozalash va yana 4 yo'nalish. Buyurtmani ilovadan bering — yaqin atrofdagi usta qabul qiladi, yo'lini xaritada jonli kuzatasiz, ish yakunida hisob-kitob ilovada ko'rinadi.
Kotyol ishlamayapti, batareya isimayapti? "Isitish / Qozon" yo'nalishi ochildi — diagnostika, o'rnatish, radiator almashtirish. Yaqin atrofdagi ustani chaqiring.
Qanday ishlaydi
Har bir qadam ilovada ko'rinadi: kim keldi, qachon keldi, qancha turadi.
O'nta yo'nalishdan birini tanlang, manzilni xaritada belgilang va muammoni qisqacha yozing — kerak bo'lsa rasm biriktiring.
Buyurtma yaqin atrofdagi onlayn va tekshiruvdan o'tgan ustalarga yuboriladi. Birinchi qabul qilgan usta biriktiriladi — auksion yo'q.
Usta yo'lga chiqqanidan yetib kelgunicha xaritada jonli ko'rinadi. Ilova ichida yozing yoki qo'ng'iroq qiling.
Usta ish yakunida hisobni tuzadi: xizmat narxi + ishlatilgan materiallar. Siz tasdiqlaysiz va to'laysiz — yashirin to'lov yo'q.
Yo'nalishlar
Har yo'nalish uchun taxminiy narx oldindan ko'rinadi; narxni usta belgilaydi, siz tasdiqlaysiz.
Imkoniyatlar
Usta qabul qilgandan yetib kelgunicha koordinatalari real vaqtda yangilanadi — qayerdaligini so'rab qo'ng'iroq qilish shart emas.
Manzil, muammo tafsiloti, rasm — hammasi buyurtma ichidagi yozishmada qoladi. Yuborildi va o'qildi belgilari bilan.
Hisob ikki qismga bo'linadi: xizmat haqi va materiallar ro'yxati. Tasdiqlashdan oldin har bir qatorni ko'rasiz.
Usta topildi, yo'lga chiqdi, yetib keldi, hisob tayyor — har bosqichda push keladi. Ilovani ochib turish shart emas.
Buyurtma takliflari faqat tekshiruvdan o'tgan ustalarga yuboriladi; har buyurtmadan keyin ustani baholashingiz mumkin.
Ilova interfeysi ikki tilda — tilni istalgan payt almashtirasiz, oilaning har a'zosi ishlata oladi.
Kim uchun
Mijoz buyurtma beradi, usta buyurtmani qabul qiladi. Ikkalasi ham brauzerda ham, telefonda ham ishlaydi.
Usta chaqirish, kuzatish va to'lash — bitta joyda.
Buyurtmalar oqimi, hisob-kitob va daromad nazorati.
Ilovalar
iOS va Android ilovalari do'konlarda tez kunda. Shu paytgacha brauzer versiyasidan foydalaning yoki Android uchun APK'ni yuklab oling.
Mijozlar uchun — usta chaqirish
Ustalar uchun — buyurtmalarni qabul qilish
Savollar
Har yo'nalish uchun taxminiy narx oldindan ko'rinadi — bu ma'lumot uchun, narx kafolati emas. Narxni usta belgilaydi: ish yakunida u hisobni tuzadi, xizmat haqi va ishlatilgan materiallar alohida qator bo'lib ko'rinadi. Siz hisobni ko'rib tasdiqlaysiz yoki e'tiroz bildirasiz, shundan keyin to'lov amalga oshadi.
Buyurtma yaqin atrofdagi bo'sh ustalarga bir vaqtning o'zida yuboriladi; hech kim qabul qilmasa, qidiruv radiusi bosqichma-bosqich kengayadi. Qabul qilish vaqti hududingizdagi bo'sh ustalar soniga bog'liq — qidiruv holati buyurtma ekranida ko'rinadi. Usta topilmasa, qidiruv to'xtaydi va sizdan hech narsa olinmaydi.
Usta buyurtmani qabul qilgach, buyurtma ekranida xarita ochiladi va ustaning joylashuvi real vaqtda yangilanib turadi. Usta yetib kelganidan keyin kuzatuv to'xtaydi.
Ha. Mijoz va usta kabinetlari brauzerda to'liq ishlaydi — telefonda ham, kompyuterda ham. Do'kon ilovalari chiqqach, xuddi shu hisob bilan kirasiz.
Telefon raqami orqali ro'yxatdan o'ting, yo'nalishingizni va ish hududingizni tanlang. Tekshiruvdan keyin buyurtma takliflari kela boshlaydi. Haq faqat siz qabul qilgan buyurtma uchun balansingizdan yechiladi — miqdori qabul qilishdan oldin taklifda ko'rinadi.
Platforma ustalar ro'yxatdan o'tgan shaharlarda ishlaydi va yangi hududlar bosqichma-bosqich qo'shilmoqda. Buyurtma berishda manzilingiz bo'yicha yaqin ustalar bor-yo'qligini ilovaning o'zi ko'rsatadi.
Ro'yxatdan o'tish — telefon raqami orqali.